Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

Saqlash
15:31 / 16.01.2025 119 0

Hududida investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ketdi.

 

Bundan tashqari, oʻtgan yil davomida Beruniy, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa, Shovot tumanlarida investitsiya 15 mln dollarga ham yetmadi. Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari, Ohangaron shahrida esa eksport kamaygani maʼlum boʻldi. Shu sababli ushbu 16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan eʼlon qilindi.

 

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida endi investitsiya boʻyicha yangi nazorat tizimi boʻlishi belgilandi.

 

Bunda Bosh vazir bu yilgi 42 mlrd dollar xorijiy investitsiya boʻyicha oyma-oy rejani tasdiqlaydi. Viloyat, shahar va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari esa haftada ikki kun investitsiya bilan shugʻullanadi.

 

Yigʻilishda mutasaddilar tinmay hududlarga borishi, tadbirkorlar bilan uchrashishi, masalasini joyida hal qilishi shartligi davlat rahbari tomonidan taʼkidlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//