Oʻzbekiston Britaniyaning mashhur ijod uyi bilan hamkorlik qiladi

Saqlash
13:56 / 16.01.2025 44 0

Oʻzbekiston elchixonasida Londonda joylashgan Renée Pfister Art & Gallery Consultancy sanʻat va galereyalar boʻyicha maslahatlar taqdim etuvchi ijod uyi taʻsischisi va direktori Rene Pfister bilan uchrashuv oʻtkazildi.


Art & Gallery Consultancy tashkiloti yirik madaniy tadbirlar, koʻrgazmalar hamda sanʻat haftaligi doirasida oʻtkaziladigan dasturlarni ishlab chiqish boʻyicha oʻz xizmatlarini koʻrsatadi.


Rene Pfister muzeylar va sanʻat olamida oʻttiz yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan taniqli badiiy rahbar, kurator, registrator va biznes maslahatchi hisoblanadi. Tashkilot Londonda taʻsis etilgan. Uning professional faoliyati 1992-yilda Britaniya muzeyida kurator yordamchisi sifatida boshlangan. Tashkiltot hozirda London siti universitetida The Business of the Visual Ars and Curating & Exhibition Management oʻquv kurslarini oʻtkazib kelmoqda.

Uchrashuv davomida Rene Pfister tomonidan Oʻzbekistonda sanʻat va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan keng-koʻlamli islohotlarni yuqori eʻtirof etilib, kelgusida tashkilotning respublikadagi idora va korxonalar bilan hamkorliklarni yoʻlga qoʻyishga tayyorligi bildirildi.

Muloqot davomida kelgusida nufuzli yoʻnalishlarda qoʻshma tadbirlar va koʻrgazmalarni oʻtkazish hamda sanʻat sohalarida hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat yakunida Rene Pfister tomonidan Renée Pfister Art & Gallery Consultancy bilan Oʻzbekistonning manfaatdor idora va tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalarida amaliy koʻmak koʻrsatishga kelishib olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//