Jamiyat
Oliy Majlis Senati kengashining 2025-yil 13-yanvardagi qaroriga asosan “Tashabbusli byudjet” jarayonini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, oʻz-oʻzini moliyalashtirish tizimiga oʻtilgani inobatga olingan holda 2025-yil 1-mavsumidan boshlab moliyaviy mustaqil boʻlgan OTMlarning Tashabbusli byudjet jarayonlarida ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
Mablagʻlardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy muammolarga koʻproq eʻtibor qaratish maqsadida Tashabbusli budjet doirasida tashkilotlar tomonidan barcha turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini taʻminlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari, svetofor), rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish taqiqlanadi.
Maktabgacha va maktab taʻlimi hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklari 10 kun muddatda Tashabbusli budjet doirasida xarid qilinishi ruxsat etilgan tovarlarning aniq tavsiflarini aks ettirgan holda qayta shakllantirilgan jihozlar reyestrini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilishi lozim.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda budjet tashkiloti xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarini oldini olish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etadi hamda har mavsum yakuniga koʻra Senatga axborot kiritib boradi.
Qarorda qayd etilishicha, har yili tuman va shahar byudjetidan 10 tadan kam boʻlmagan, koʻpi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablagʻ ajratilishi belgilandi. Bunda 10 tadan ortiq loyiha uchun mablagʻlar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
Prezidentning 2024-yil 25-dekabrdagi qaroriga asosan Tashabbusli byudjet jarayoni uchun tuman (shahar)larda ajratiladigan mablagʻlar miqdorini rejalashtirishda hududdagi aholi sonidan kelib chiqib taqsimlash nazarda tutilgandi.
Hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 milliard soʻmni tashkil etadi. Shunga koʻra, tuman va shahar budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning eng kam miqdori 15 milliard soʻm, eng yuqori miqdori esa 45 milliard soʻm etib belgilandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q