Jahon
Qozog‘istonda korrupsionerlarning ochiq reyestri paydo bo‘ladi. Bu haqda mamlakat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisining birinchi o‘rinbosari Ulan Sarkulov ma’lum qildi, deya xabar berdi Tengrinews nashri.
“Bu profilaktika vositasidir. Uning asosiy maqsadi jamoatchilikning qoralashi orqali jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni shakllantirishdan iborat. Reyestrga og‘ir va o‘ta og‘ir korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlangan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Shaxslarni reyestrga kiritish uchun qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asos bo‘ladi”, – deya tushuntirgan Sarkulov.
Ma’lum qilinishicha, bunday shaxslarni qonuniy kuchga kirgan oqlov hukmi va sudlanganlik holati tugallangani asosida reyestrdan chiqarish mumkin bo‘ladi. Reyestr agentlik saytiga joylashtiriladi.
Qozog‘istonda 2022-yilda ilk bor korrupsionerlar reyestrini yaratish taklif qilingandi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112430
Jamiyat
95090
Jamiyat
91309
Jamiyat
76008
Jamiyat
//
Izoh yo‘q