Jamiyat
Bugun, 15-yanvar kuni Buxoro – Moskva (Vnukovo) yoʻnalishidagi HY9607 aviaqatnovi belgilangan aeroportga qoʻnayotganda dvigatellardan biri ishdan chiqdi.
Maʼlum boʻlishicha, holat kuzatilganda Uzbekistan Airways ekipaji tomonidan tegishli protseduralar bajarilgan va samolyotni belgilangan aeroportga qoʻndirishga qaror qilingan.
Bortida 132 yoʻlovchi bor boʻlgan havo kemasida qoʻnish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Aviakompaniya hozirda texnik xizmatlari tomonidan barcha tiklash ishlari olib borilayotganini bildirdi.
Amaldagi parvozlar jadvalida rejalashtirilgan keyingi aviaqatnovlar endi Vnukovo xalqaro aeroportiga uchib ketgan zaxira havo kemasida amalga oshiriladi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q