Jahon
Fergani Space kompaniyasi birinchi sunʼiy yoʻldoshini kosmosga uchirdi.
Taʼkidlash lozim, mazkur havo kemasi FGN-100-d1 deb nomlangan boʻlib, u buyuk astronom, matematik va geograf olim Ahmad Fargʻoniy sharafiga Fergani deb ataladi.
Fergani Space kompaniyasining ushbu birinchi sunʼiy yoʻldoshi SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 raketa-tashuvchisi orqali AQShning Vandenberg bazasidan kosmosga muvaffaqiyatli uchirilgan.
Maʼlumot uchun, kompaniya rahbari va Baykar kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Selchuk Bayraktar hisoblanadi.
FGN-100-d1 sunʼiy yoʻldoshi Falcon 9 raketasi orqali Transporter-12 missiyasi doirasida uchirilgan boʻlib, ushbu missiyada 131 ta foydali yuk, jumladan, parvozni onlayn uzatuvchi vosita, mikrosunʼiy yoʻldoshlar va orbitadagi transport vositalari kosmosga yetkazilgan.
Xabarga koʻra, Fergani Space kompaniyasi oʻzining innovativ va original texnologiyalari orqali kosmik transport hamda past orbitali yoʻldosh xizmatlari sohasida barqaror va iqtisodiy jihatdan samarali yechimlarni taqdim etishni maqsad qilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q