Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun boʻlib oʻtgan yigʻilishida Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.
Maʼlum boʻlishicha, Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga oʻtkazilishini Vazirlar Mahkamasi taklif qilgan.
Majlisda qaror loyihasi tegishli mahalla fuqarolar yigʻinlari, xalq deputatlari Samarqand shahar, Samarqand va Oqdaryo tumanlari hamda viloyat Kengashlarida muhokama qilinib, chegaralarning kartografik chizmasi va chegaralar chizigʻining tasnifi maʼqullanganligi qayd etildi.
Shuningdek, qaror loyihasida hududning chegaralarini oʻzgartirish va unda belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida Hukumatga kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
Mazkur tuman va shahar chegaralarining oʻzgarishi bilan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi tashkil etilib, ushbu hududda
254 ta koʻp qavatli uy-joylar, 19 ta ishbilarmonlik va biznes markazlari, 50 ta ijtimoiy soha obyektlari, 89 ta koʻngilochar va savdo komplekslari hamda tarixiy shaharcha barpo etiladi.
Bundan tashqari, hududda 112 km ichki yoʻllar, piyodalar va velosiped yoʻlaklari, 6 km yer usti metro yoʻli, 2 ta katta koʻprik hamda 7,2 km ichki kommunikatsiya uchun tonnel, 180 km irrigatsiya quvuri hamda 14 km kanal va koʻplab sugʻorish inshootlari quriladi.
Deputatlarning fikricha, kiritilayotgan oʻzgartishlar kelgusida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Majlisda qaror loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q