Sport
Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbari boʻldi.

Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida yangi nomzod saylangani maʼlum qilindi.
Yoʻldoshev nomzodi Assotsiatsiya Ijroiya qoʻmitasi tomonidan ilgari surilgan boʻlib, yigʻilish ishtirokchilari uni bir ovozdan maʼqullagan.
Ilgari bu lavozimda ishlab kelgan Salim Abduvaliyev esa lavozimidan ozod qilindi.

Maʼlumot uchun, Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston Respublika Bosh prokurori, mamlakat kurash federatsiyasi rahbari hisoblanadi. Endilikda u Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbari sifatida ham faoliyat olib boradi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91307
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q