Madaniyat
Rejissyor Sabina Bakayeva 2025-yilning 13−23 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan 75-Berlin xalqaro kinofestivalida “Oydin” hujjatli filmi bilan debyut qiladi. Film Berlinale Forum Special boʻlimida namoyish etiladi.
Hujjatli film syujeti ona va qizning vaqt kontekstida ayol shaxsiyatining shakllanishi va o‘ziga bo‘lgan munosabati, shuningdek, aqidalar, an’analar va shaxsiy tajribaning unga ta’siri haqidagi samimiy suhbatiga asoslanadi. “Oydin” filmining qahramonlari rejissyorning o‘zi va uning 66 yoshli onasi bo‘lib, u son-sanoqsiz taqiqlar zanjirini sindirishga va o‘z hayotini shaxsiy qarashlariga muvofiq qurishga erishgan.
“Berlinale'ga kiritilishimni omadimning chopishi deb bilaman, chunki ilgari qo‘limga hech qachon kamera olmaganman. Film suratga olish faqat tomoshabinlar uchun ishlangandagina rejissyorning iste’dodi va mahorati uchun sinov bo‘ladi. Men esa filmni o‘zim uchungina suratga oldim. O‘z terapiyam uchun, chunki aks holda onam bilan o‘zi haqida gaplasha olmasdim”, — deydi Sabina Bakayeva.
Bu Berlinale dasturiga kiritilgan O‘zbekistonning uchinchi filmidir. Unda avvalroq Saodat Ismoilovaning “40 kunlik sukunat” va Yusuf Roziqovning “Notiq” filmlari namoyish etilgan edi. Berlindagi premyeradan so‘ng “Oydin” Toshkentdagi shaxsiy namoyishda koʻrsatiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q