Ilm-fan
Abu Dabida boʻlib oʻtayotgan barqaror rivojlanish haftaligi doirasida Zayd Barqarorlik mukofotini topshirish marosimi ham boʻlib oʻtdi.
Zayed Sustainability Prize sovrini ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni ragʻbatlantiradi. Ushbu mukofot 2008-yilda BAA asoschisi Shayx Zayd bin Sulton al-Nahayyon merosini davom ettirish maqsadida taʼsis etilgan.
Mukofot 5 yoʻnalishda beriladi: sogʻliqni saqlash, taʼlim, energiya, suv va global o‘rta maktablar. Har bir yoʻnalishda gʻoliblar oʻz loyihalari uchun moliyaviy yordam oladi. Umumiy fond – 3 million dollar.
Bu yil mukofotga 156 davlatdan 5980 ta loyiha arizasi kelib tushgan.
2025-yilgi sovrinda Toshkentdagi Prezident maktabi ham “Global o‘rta maktablar” yoʻnalishida finalist sifatida qatnashdi. Oʻquvchilar 150 maktabda yomgʻir suvini yigʻish boʻyicha loyiha ishlab chiqqan.
Finalda Oʻzbekistonlik oʻquvchilarga Turkiya va Ozarbayjon vakillari raqiblik qildi. Yakunda Oʻzbekiston jamoasi mukofotni qoʻlga kiritdi hamda 150 ming AQSH dollari miqdoridagi grantga ega boʻldi.
Abu-Dabidagi taqdirlash marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Davlat rahbari maktab vakillari bilan uchrashib, ularni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q