Ilm-fan
2025-yil jahon tarixiga yana bir yangi avlod tugʻilishi boshlangan yil sifatida kiradi. Gap shundaki, bu yildan boshlab insoniyatning yangi bolalari – B (beta) avlodi dunyoga kelishni boshlaydi.
Izoh uchun, bundan oldingi, A (alfa) avlodining oxirgi vakillari 2024-yilning 31-dekabrida tavallud topdi va shu bilan mazkur guruhning tugʻilish jarayoni nihoyasiga yetdi. Yunon alifbosiga koʻra A (alfa) harfidan keyin B (beta) harfi keladi. Shuning uchun ham yangi avlod guruhiga B avlod deb nom berilgan.
Avstraliyaning McCrindle tadqiqot kompaniyasi B avlod aʼzolari 2025- va 2039-yillar oraligʻida tugʻilishni maʼlum qildi. Mutaxassislarning qoʻshimcha qilishicha, ular qariroq boʻlgan Z (zet) va yoshroq boʻlgan Y avlodning farzandlari hisoblanadi.
Yangi zamon vakillari oʻzlaridan oldingi barcha avlod vakillaridan oʻzib ketadi. Masalan, A avlod aʼzolari aqlli texnologiya va sunʼiy intellektning dastlabki iteratsiyasi bilan tanishgan boʻlsa, B avlod bolalari hayotning barcha jabhalarida sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishni boshdan kechiradi. Achinarlisi, ularga katta ijtimoiy muammolar bilan kurashayotgan dunyo meros boʻlib qoladi.
“Iqlim oʻzgarishi, odamlarning bir joydan boshqasiga koʻchishi va shiddat bilan ketayotgan urbanizatsiya jarayonlari birgalikda qoʻshilganda barqarorlik nafaqat afzallik, balki umid ham boʻladi. Bu avlod tenglik, moslashuvchanlik va ekologik hushyorlikni birinchi oʻringa qoʻyadigan Y va qariroq Z avlod vakillari tomonidan tarbiyalanadi”, deydi McCrindle tadqiqot kompaniyasi oʻz bayonotida.
Bundan tashqari, mutaxassislar qariroq Z avlod vakillari tarbiya jarayonida B avlodga mansub farzandlarining raqamli media bilan boʻladigan munosabatida ehtiyotkor boʻlishini maʼlumot sifatida keltiradi. Masalan, payti kelib Y avlodga (30 foiz) qaraganda Z avlodning 36 foiz vakili bolalarning ekranda ishlash vaqti cheklangan boʻlishini qatʼiy ravishda xohlab qoladi.
B avlod 2035-yilda dunyo aholisining 16 foizini tashkil qilishi kutilmoqda va taxminlarga koʻra bu guruhning katta qismi XXII asrda yashaydi. Chunki 2025-yildan boshlab tugʻilishni boshlaydigan insoniyatning yangi avlodi 2101-yilda 76 yoshga toʻlgan boʻladi.
Maʼlumot uchun, genetika boʻyicha bir avlodning yillar boʻyicha guruhlanishi quyidagicha:
▪️ Eng buyuk avlod: 1901–1927-yillar;
▪️ “Kamgap” avlod: 1928–1945-yillar;
▪️ “Baby Boomer” avlod(koʻp chaqaloq dunyoga kelish paytida tugʻilganlar): 1946–1964-yillar;
▪️ X avlod(yoki 13-avlod): 1965–1979-yillar;
▪️ Y avlod(milleniallar): 1980–1994-yillar;
▪️ Z avlodi(xoumlenderlar): 1995–2009-yillar;
▪️ A avlod: 2010–2024-yillar;
▪️ B avlod: 2025–2039-yillar.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q