Jamiyat
Joriy yilning 11-yanvarida qabul qilingan Prezident Farmoniga koʻra, quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
▪️2023-yil yoz mavsumida dam olgan bolalarning yoʻllanma xarajatlari hamda 2024-yil yoz mavsumiga 59 ta oromgohni tayyorlash maqsadida olib borilgan taʼmirlash ishlari boʻyicha vujudga kelgan qarzdorlik Bolalarni sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi. Hujjatda jamgʻarmaga 2025–2026-yillarda ajratilishi nazarda tutilgan mablagʻning bir qismini qarzdorlikni qoplash uchun yoʻnaltirishga ruxsat berildi.
▪️ Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining boʻysunuvi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlari oʻzaro muvofiqlashtiriladi.
▪️ “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanma olish axborot tizimi “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
Maʼlumot uchun, yoʻllanma xarid qilish jarayonida Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanma olish axborot tizimiga bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari (JSHSHIR yoki guvohnoma seriyasi va raqami) kiritilganda ushbu bolaning toʻliq ism-sharifi, jinsi, tugʻilgan sanasi, oyi va yili haqidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q