Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritilgan yangi qonun loyihasida faxriy donorlarga bir qator imtiyozlar berish nazarda tutilmoqda.
Jumladan, hujjatga koʻra, “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdori oshirilishi mumkin.
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar shahar jamoat transportidan (yoʻnalishi va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Bundan tashqari, ularga sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yoʻllanmalarni navbatsiz olish imkoniyati yaratiladi.
Maʼlumot uchun, qonun loyihasi bilan aholi orasida begʻaraz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish hamda qon donorlarini ragʻbatlantirish maqsad qilingan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q