Jamiyat
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahar Olmazor tumani prokuraturasining tergovchisi 30 ming AQSh dollari miqdoridagi pora bilan ushlandi. Namangan viloyatining Chortoq temanida esa tumani prokurorining katta yordamchisi 2400 AQSH dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda UzA axborot agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida gul yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJning muqaddam prokuratura organlarida ishlagan va sudlangan yuristi savdo-sotiq sohasiga ixtisoslashgan MChJ mansabdor xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184 va 189-moddalari bilan qo‘zg‘atilib, Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilmasligi uchun mazkur tuman prokuraturasi mansabdor shaxslari orqali hal qilib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgan. Shundan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Tezkor tadbir davomida MChJ yuristining mashinasida Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi undan ushbu pul mablag‘ini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Namangan viloyati Chortoq tumanida esa tuman prokurorining katta yordamchisi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori 5 nafar fuqaroga nogironlik nafaqasini belgilashda soxta hujjatlar tayyorlab berganligi yuzasidan taqdim qilingan materiallarni o‘rganib chiqib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 3000 AQSH dollari talab qilgan.
So‘ralgan pul mablag‘dan 2400 AQSH dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda prokuror yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q