Siyosat
13-16-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev Amirliklar poytaxtida Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashib, "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammitida ham ishtirok etadi.
Tashrif davomida shuningdek, Dubay shahrida BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tashrif kun tartibidan O‘zbekiston-BAA do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, investitsiyalar, "yashil" energetika, infratuzilma, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, innovatsion rivojlanish, turizm va boshqa ko‘plab ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqiladi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan salmoqli kelishuvlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q