Jamiyat
Abu Rayhon Beruniyning “At-Tafhim” va Abulqosim Firdavsiyning Temuriylar davrida koʻchirilgan “Shohnoma” asarlarining faksimile nusxalari Islom sivilizatsiyasi markaziga topshirildi.
Endilikda bu qoʻlyozmalar Islom sivilizatsiyasi markazining tarixiy ekspozitsiyasida namoyish etilishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur ikki asar qoʻlyozmalari oʻtgan yilning dekabr oyida Malayziyadagi Xalqaro Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasidan topilgan edi.
Taʼkidlash lozim, Abu Rayhon Beruniy (973–1048) qalamiga mansub 1197-yilda koʻchirilgan “At-Tafhim” asari jahon ilm-fanida muhim manba sifatida eʼtirof etilgan.
Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”si esa XV asrda Temuriylar davri kitobat sanʼati anʼanalari asosida koʻchirilgan. Asarda Kamoliddin Behzod miniatyura maktabiga xos elementlari aniqlangan.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q