Madaniyat
Buyuk olim Ali Qushchining oʻgʻli Qozi Abdurahmon qalamiga mansub “Ravnaq-ul boʻston” asarining faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi.
Ushbu asarning asl nusxasi Ayo Sofiya kutubxonasida saqlanmoqda.
2000-yil Anqarada nashr qilingan kitob soʻngida asl nusxaning faksimilesi ham ilova qilingan.
Kitob Islom sivilizatsiyasi markaziga Istanbul universiteti professori Emek Ushenmez tomonidan taqdim etilgan.
Maʼlumot uchun, “Ravnaq-ul boʻston” bogʻdorchilikka bagʻishlangan boʻlib, unda mevalarni yetishtirish, saqlash va nihollarni parvarishlash boʻyicha qimmatli tavsiyalar berilgan.
Ali Qushchi Samarqandiyning oʻgʻli Qozi Abdurahmon Afandi qalamiga mansub “Ravnaq-ul boʻston” asarini oʻzbek tiliga tarjima qilish hamda faksimile nusxasi bilan birga joriy yilda nashr etish rejalashtirilgan.
Hozirda asarni tarjima qilish ishlari filologiya fanlari boʻyicha doktorlar Alimardon Hayitov va Xusrav Hamidov tomonidan boshlab yuborilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
110088
Jamiyat
94325
Jamiyat
90194
Jamiyat
73525
Jamiyat
//
Izoh yo‘q