Jamiyat
Xalqaro tashuvlarda avtobus qatnovlari ulushini oshirish, yoʻlovchi tashish faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekistonning turli hududlaridan quyidagi 5 ta davlatga xalqaro yoʻnalishlarda avtobus qatnovlari tashkil etiladi.
▪️ Qozogʻiston Respublikasiga:
✔️ Buxoro – Turkiston;
✔️ Urganch – Aktau;
✔️ Fargʻona – Olmaota (Tojikiston orqali).
▪️ Tojikiston Respublikasiga:
✔️ Samarqand – Dushanbe;
✔️ Buxoro – Dushanbe.
▪️ Qirgʻiz Respublikasiga:
✔️ Andijon – Oʻsh;
✔️ Andijon – Jalolobod;
✔️ Andijon – Arslanbob;
✔️ Kosonsoy – Jalolobod;
✔️ Buxoro – Bishkek.
▪️ Rossiya Federatsiyasiga:
✔️ Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva;
✔️ Urganch – Nukus – Ufa;
✔️ Nukus – Krasnodar;
✔️ Toshkent – Ufa;
✔️ Toshkent – Krasnodar.
▪️ Xitoy Xalq Respublikasiga:
✔️ Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi.
Transport vazirligi muntazam xalqaro yoʻnalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirish istagidagi tashuvchilar yuqorida keltirilgan yoʻnalishlarda paritet qatnovlarni amalga oshirmoqchi boʻlgan xorijiy tashuvchilarni jalb qilgan holda vazirlikka murojaat qilishi mumkinligini bildirdi.
Boshqa muntazam xalqaro avtobus yoʻnalishlarida faoliyat yuritish istagidagi tashuvchilar, xorijiy tashuvchilar bilan paritet asosida ishlashga kelishgan holda, vazirlikka oʻz takliflarini kiritishlari mumkin.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q