Metaʼdagi postlar “X” tarmogʻinikiga “oʻxshash” boʻladi

Saqlash
17:17 / 09.01.2025 95 0

Facebook, Instagram va Threads tarmoqlari faktchekerlar xizmatidan voz kechmoqchi. Bu haqda Meta kompaniyasining asoschisi Mark Sukerberg videomurojaatida maʼlum qildi. U shu tariqa senzurani keskin kamaytirmoqchi.

 

Donald Tramp AQSH prezidentlik postiga qaytgach, Sukerberg platformalar faoliyatida soʻz erkinligiga ustunlik berishga vaʼda berdi. Endi tarmoqlardagi ommaviy postlar “X” tarmogʻinikiga “oʻxshash boʻladi”. Ilon Maskka tegishli “X” tarmogʻida muhim va bahsli postlarga boshqalar ham oʻz munosabatini bildirishi mumkin, deya qoʻshimcha qiladi The Guardian.

 

Kompaniya rahbarining soʻzlariga koʻra, “Metaning maʼlumotlarni tekshirish dasturi oʻta siyosiy tarafkashligi bilan foydalanuvchilarga ishonch berishdan koʻra uni yoʻqotgan”. Endi kompaniyaning kontentlar boshqaruvi boʻyicha jamoasi Kaliforniyadan “tashvishlar kamroq boʻlgan” Texasga koʻchiriladi, – deydi u.

 

Sukerberg shuningdek, kontentlarni filtrlashdagi oʻzgarishlar “biz yomon narsalarni kamroq “tutamiz”” degan maʼnoni anglatishini tan oldi: bunda Meta immigratsiya va gender kabi mavzulardagi cheklovlardan xalos boʻladi. U Yevropani “senzurani institutsionallashtiruvchi va biror innovatsion narsa yaratishni murakkablashtiruvchi qonunlar soni doimiy oshadigan joy” deb atadi.

 

Kompaniya endi oʻz platformalarida koʻproq siyosiy kontentlarni taklif qila boshlaydi. Sukerberg Buyuk Britaniya Bosh vaziri Nik Klegg Metaning global masalalar boʻyicha prezidentlik lavozimidan isteʼfoga chiqqanini eʼlon qilganidan bir necha kun oʻtib, ushbu bayonotini berdi. Uning oʻrnini respublikachi Joel Kaplan egallaydi.

 

The Guardian maʼlumotiga koʻra, Metaning dunyo boʻylab 3 milliarddan ortiq foydalanuvchisi mavjud.

 

Sukerbergning ushbu qaroriga telegram asoschisi Pavel Durov telegram sahifasida munosabat bildirdi. Unda Sukerberg oʻz platformasidagi soʻz erkinligi siyosiy jihatdan xavfsiz boʻlishdan ham avvaldan buyon qoʻllab-quvvatlanganidan faxrlanishi, platforma qadriyatlari AQSHdagi saylov davrlariga bogʻliq taʼkidlagan.

 

“Bugun turli platformalarda endi kamroq senzura boʻlishi aytilmoqda. Biroq ularning endigina kashf etilgan qadriyatlarining haqiqiy sinovi “siyosiy shamollar” yana oʻzgarganida yuz beradi. Xavf boʻlmagan vaqtda erkinlikni qoʻllab-quvvatlayman deb aytish oson” – deydi

 

Maʼlumot uchun, Meta Rossiya hududida ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan va uning tarkibiga kiruvchi yuqoridagi 3 tarmoq mamlakat hududida taqiqlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//