Jamiyat
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun “Ochiq budjet” portalida jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan loyihalar taqvimi e’lon qildi.
Taqvimga ko‘ra, yanvar oyida 2024−2025-o‘quv yili uchun “Mening maktabim” loyihasi bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish 13−17-yanvar kunlari o‘tkaziladi.
Loyihaning 2025−2026-o‘quv yili uchun mavsumi oktabr oyiga mo‘ljallangan. Loyihalarni kiritish 1−10-oktabrda, ovoz berish esa 21−30-oktabr kunlari bo‘ladi.
“Tashabbusli budjet”ning birinchi mavsumiga 1-fevral kuni start beriladi. Ovoz berish jarayoni 11-martdan 20-martgacha davom etadi, g‘oliblari 21-mart kuni — Navro‘z bayramida e’lon qilinadi.
Ikkinchi mavsum esa 15-iyulda boshlanadi. G‘olib loyihalar 1-sentabr kuni — Mustaqillik bayramida ma’lum bo‘ladi.
“Mening bog‘cham” loyihasi esa 1−10-iyun kunlari o‘tkaziladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, “Mening yo‘lim” loyihasi “Tashabbusli budjet”ning birinchi mavsumiga qo‘shib o‘tkaziladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
109640
Jamiyat
94029
Jamiyat
89791
Jamiyat
72953
Jamiyat
//
Izoh yo‘q