Jamiyat
Ostonada joylashgan Qazaq Coffee (“Kazakh Coffee”) qahvaxonasi til mojarosi sabab tanqidlar ichida qoldi.
7-dekabr kuni ushbu muassasada boʻlgan xoʻrandalardan biri, elektron maʻlumotnomadagi (2GIS) Qazaq Coffee sahifasiga qahvaxonada davlat (qozoq) tilidagi menyu yoʻqligini yozgan.
Bunga javoban muassasa egasi yoki adminstratori uning xodimlari “qozoq tilini bilishga majbur emasligi, birorta muassasada qozoq tilidan toʻliq foydalanilmasligi va hatto hujjatlar ham rus va qozoq tillarida teng ravishda yuritilishini” aytgan.
Bunday javob koʻplab qozogʻistonliklarning gʻazabiga sabab boʻldi. Bir kun ichida qahvaxona sahifasiga 15 mingdan ortiq salbiy sharh qoldirildi va uning reytingini bir yulduzgacha tushdi. Ijtimoiy tarmoqda foydaluvchilar Qazaq Coffeeni qozoq tiliga hurmatsizlikda aybladi va uni boykot qilishga chaqirdi. Qahvaxona dastlab Instagram tarmogʻida uzr soʻradi, keyinroq oʻz akkauntini butunlay oʻchirib yubordi.
Juda katta koʻlamdagi tanqidlar ostida Qazaq Coffee faloiyatini tugatgan. 8-yanvar kuni Qazaq Coffee joylashgan bino egasi qahvaxona yopilgani, bino unga qaytarilgani va boʻm-boʻsh ekanini maʻlum qildi.
“Qozogʻistonda tadbirkorlar qozoq tiliga eʼtiborsizlik va rus tilini afzal koʻrganlikda ayblangan bir necha shov-shuvli holatlar boʻlgan hamda qozoq tiliga bunday munosabat ijtimoiy tarmoqlarda boʻlsa-da, har doim ommaviy noroziliklarga sabab boʻlgan. Biroq tadbirkorlar bir xil xatolarni takrorlashda davom etmoqda”, deydi ijtimoiy faol Alnur Ilyashev.
“Siz Qozogʻistonda yashasangiz-u, lekin qozoq tilida xizmat qilmasangiz, nega nomingizni Qazaq Coffee deb qoʻydingiz?”, deya yozgan internet foydalanuvchilari biri.
Faollar Qazaq Coffee Qozogʻistonda ommaviy boykot ortida yopilgan birinchi muassasa boʻlganini taʻkidlamoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q