Oʻzbekistonda ov qilishga moratoriy joriy etilishi mumkin

Saqlash
10:02 / 09.01.2025 100 0

 

Prezidentning “Oʻzbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

 

2025-yil 1-sentabrdan boshlab yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash uchun tasdiqlangan kvotalar hamda oʻsimlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar elektron auksion orqali berilishi kutilmoqda.

 

Hayvonot dunyosi yoʻqotishlarining oʻrnini qoplash maqsadida 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston hududida ov qilishga moratoriy (cheklov) joriy qilinishi kutilmoqda.

 

Bunda moratoriy fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xoʻjaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtiriladigan yovvoyi hayvonlarni ovlash hamda sanitar maqsadlarda ov qilishga tatbiq etilmaydi.

 

Shu bilan birga, ovchilarga muqobil mashgʻulot sifatida hududlarda oʻq otish sportiga ixtisoslashtirilgan maxsus poligonlarda xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

 

Shaharlardagi tabiiy suv havzalari ixtiofaunasining populyatsiyasini qayta tiklash maqsadida respublikaning markaziy shaharlaridan oqib oʻtuvchi daryo va soylarda 2025-yildan boshlab, har yili 15 tonnadan kam boʻlmagan chavoqlantirish ishlari amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//