Madaniyat
Vashington shahridagi Osiyo sanʼati Milliy muzeyida sulton Husayn Boyqaroning surati aks etgan yana bir miniatyura aniqlandi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati xabar berdi. Miniatyura shartli ravishda “Husayn Boyqaroning toj kiyish marosimi” deb nomlanib, u 1469-yilda rassom Mansur Musavvir tomonidan chizilgani taxmin qilinmoqda.
Husayn Boyqaroning hukmdorlik davrida ilm-fan, adabiyot, musiqa va tasviriy sanʼatning rivoji alohida ahamiyat kasb etgan. Uning davrida Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod kabi mashhur musavvirlar yetishib chiqqan. Husayn Boyqaro shaxsiga nisbatan hurmat tufayli uning suratlari va portretlari koʻplab asarlarda aks ettirilgan.
Mazkur miniatyura hukmdorga toj kiydirish jarayonini tasvirlaydi. Unda Sulton Husayn Boyqaroning yoshligidagi qiyofasi, saroy ayonlari, shoir va allomalar, jumladan, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ham chizilgan. Husayn Boyqaroning madaniyat homiysi sifatidagi rolini taʼkidlovchi ushbu asar oʻz davrining barcha rasm-rusumlariga muvofiq ishlangan.
Miniatyurada hukmdor shohsupada oʻtirgan holda koʻrsatilgan boʻlib, uning chap tomonida shahzoda Badiuzzamon Mirzo, oʻng tomonida esa Abdurahmon Jomiy aks ettirilgan. Hukmdorga yaqinda turgan qora yaktakli va oq sallali shaxs Navoiy boʻlishi mumkin. Uning ushbu gʻalaba munosabati bilan Samarqanddan Hirotga borgani va “Hiloliya” qasidasini yozgani maʼlum.
Hozirgi kunda Husayn Boyqaroning turli holatlarini aks ettirgan oʻndan ortiq miniatyuralar dunyoning turli muzeylarida saqlanyapti.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q