Jamiyat
2024/2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqichining 20 nafar talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi gʻolibi boʻldi.
Gʻoliblar nomi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarori bilan tasdiqlangan.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor boʻlmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan ragʻbatlantiriladi.
Bunda ularning yetib kelgan bosqichi inobatga olinadi. Jumladan, Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor boʻla olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi beriladi.
Tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlar esa bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.
Maʼlumot uchun, joriy oʻquv yilida magistratura mutaxassisligi boʻyicha jami 124 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 20 ta yoʻnalishda tanlovning soʻnggi — suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 57 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar oʻtkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan gʻoliblar tavsiya etildi.
Prezident davlat stipendiyasi gʻoliblari roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q