Eng koʻp kitob oʻqiydigan TOP-5 ta davlat nomi ma'lum boʻldi

Saqlash
16:17 / 08.01.2025 397 0

Dunyodagi eng koʻp kitob oʻqiydigan davlatlar haqida eshitganmisiz? Sizningcha qaysi xalq kitob oʻqishni sevadi?

 

World Population Review'ning taqdim qilgan maʼlumotiga koʻra, AQSh, Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya eng koʻp kitob oʻqish boʻyicha kuchli beshlikdan joy olgan.

 

Ajablanadigan joyi yoʻq. Masalan, nima uchun AQSh reytingning eng yuqorisida joylashgan? Sababi amerikaliklar haftasiga 7 soat kitob oʻqishar ekan. Bu esa yiliga 357 soat yoki qariyb 15 kun degandir.

 

2-oʻrinda turgan hindlar esa haftasiga amerikaliklardan atigi 5 daqiqaga kamroq kitob oʻqiydi. Bu esa yillik 14,5 kunga toʻgʻri keladi.

 

3-oʻrinni band qilgan Buyuk Britaniyada esa ingliz haftasiga 6,5 soat kitob mutola qiladi(yiliga 343 soat). Keyingi 4- va 5-oʻrinlarni egallagan Fransiya va Italiyada aholi bir haftada 5 soatdan ortiq vaqtini kitob oʻqishga sarflaydi (Fransiyada haftasiga 5 soat-u 50 daqiqa, Italiyada 5 soat-u 20 daqiqa).

 

Yuqorida sanalgan davlatlar aholisining kitob oʻqishiga havas qilsa arziydi. Chunki u yerda yashovchilar yiliga 10 tadan ortiq kitobni oʻqib tugatadi. Masalan, oʻrtacha hisobda 1 nafar amerikalik 17 ta, 1 nafar hind 16 ta, 1 nafar britaniyalik 15 ta, bir nafar fransuz 14 ta, bir nafar italyan boʻlsa 13 ta kitobni bir yilda oʻqib, tamom qilarkan.

 

Shuni ham taʼkidlash kerakki, davlatlar mutolaani turli yoʻllar bilan amalga oshiradi. Jumladan, garchi internet nashrlari yaxshi rivojlangan boʻlsa-da, amerikaliklar elektron yoki audio kitoblardan koʻra koʻproq bosma kitoblarni oʻqishni maʼqul koʻradi. Britaniyada ham kitoblar rekord darajada sotiladi.

 

Quyida eng koʻp kitob oʻqiydigan TOP-10 ta davlat keltirilgan:

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//