Jahon
Kanadaning Arton Capital konsalting firmasi Passport Index reytingini tuzib chiqdi. Unga jami 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, eng yuqori oʻrinni Birlashgan Arab Amirligi, eng past oʻrinni esa Suriya pasportlari egallagan.
Oʻzbekiston 2023-yilgi roʻyxat bilan solishtirilganda(71-oʻrin), 2024-yilda 3 pogʻonaga koʻtarilgan (68-oʻrin).

Biroq 2025-yilda 1 pogʻonaga pasayish kuzatilgan. Hozirda Oʻzbekiston pasporti 69-oʻrinni band qilgan. Reyting hisobida hozirda Oʻzbekiston fuqarolari 32 ta davlatga vizasiz sayohat qilishi mumkin. Shuningdek, 46 ta davlatga borgan keyin va 120 ta davlatga borishdan oldin viza olishi kerak boʻladi.
.jpg)
Markaziy Osiyoda bu boʻyicha eng yaxshi koʻrsatgich Qozogʻistonga tegishli (53-oʻrin). Oʻzbekiston reytingda Qirgʻiziston bilan teng koʻrsatgichda turibdi. Tojikiston 73-oʻrinda, Turkmaniston esa undan 4 pogʻona pastda (77-oʻrin).
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q