Jamiyat
Faoliyat turlari boʻyicha ayollarning oʻzini-oʻzi band qilishi tahlil qilindi.
Unga koʻra, quyidagi faoliyat turlari ayollar orasida kundan-kunga ommalashib bormoqda:
▪️ mebel taʼmirlash;
▪️ elektr montaj ishlari;
▪️ metall buyumlarini taʼmirlash;
▪️ temirchilik mahsulotlarini ishlab chiqish;
▪️ poyabzal va galantereya buyumlarini taʼmirlash;
▪️ loydan tandir tayyorlash;
▪️ kulolchilik;
▪️ teri xomashyosini yigʻish va tayyorlash;
▪️ kibersport.
Soha kesimida tahlil qilinganda, oʻzini-oʻzi band qilgan ayollarning 45 foizi maishiy xizmat koʻrsatishda, 19 foizi qishloq xoʻjaligida, 14 foizi ijtimoiy yoʻnalishda, 10 foizi xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarishda, 9 foizi sanoat yoʻnalishida, 3 foizi axborot-kommunikatsiya yoʻnalishida va boshqa sohalarda ishlayotgani aniqlangan.
Maqolada yozilishicha, oʻtgan 2024-yilda ayollarning faolligi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish, maishiy xizmatlar, axborot-kommunikatsiya sohasida sezilarli darajada oʻsgan.
Bundan tashqari, oʻtgan yili 202 ming nafardan ortiq xotin-qiz yengil avtotransportlarda yoʻlovchi tashish faoliyati boʻyicha oʻzini-oʻzi band qilgan.
Yosh boʻyicha tahlil qilinganda esa oʻzini-oʻzi band qilgan ayollarning 30 yoshgacha boʻlganlari 19 foizni, 30–55 yoshgacha boʻlganlari 78 foizni, 55-65 yoshgacha boʻlganlari esa 3 foizni tashkil etgani maʼlum boʻldi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q