Siyosat
Xabaringiz bor, kecha Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi. Oxirgi marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2024-yil 26-iyuldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqib, shu yilning 5-avgust sanasida taʼtildan qaytgan edi.
Undan oldinroq esa davlat rahbari 2024-yil 22-aprel sanasida qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqqan. Taʼtil muddati esa 2024-yil 29-aprel sanasida tugagan.
Xoʻsh, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mehnat taʼtiliga chiqqanda, uning vazifasini kim bajarib turadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini bajarishni davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas. Mazkur normaga kelib chiqadiki, Prezident taʼtilda boʻlgan vaqtida uning vakolatlari hech kimga topshirilmaydi. Prezident oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarga esa taʼtil kirmaydi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlar kuzatilsa, uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi. Bunda uch oy muddat ichida qonunga toʻliq muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida qonunga toʻliq muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 112-modda.
Oldinroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bir yilda umumiy qancha mehnat taʼtili olishi mumkinligi haqida maʼlumot berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q