Jamiyat
Oʻzgidromet 6-yanvardan 10-yanvargacha boʻlgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Unga koʻra, bugun kunduzi Oʻzbekistonning deyarli barcha hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻladi. Faqat kechga tomon Qoraqalpogʻiston Respublikasining baʼzi joylarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.
Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, baʼzi joylarda 12–14 darada iliqqacha, shimolda 3–8 daraja iliq boʻladi.
7-yanvarda Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib kelishi boshlanadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim joylarida kechasi va ertalab yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
8-yanvarda kechasi va ertalab faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida, asosan, qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik saqlanib turadi.
8-yanvar kunduz kuni va 9–10-yanvar kunlarida Oʻzbekistonning barcha hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
8–10-yanvar kunlari havo harorati kechalari 2–5 daraja iliqdan 3–6 daraja sovuqqacha pasayadi. Kunduz kunlari 5–8 daraja iliqdan 0–3 daraja sovuqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, 7-yanvarda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20–23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning togʻli hududlarida 6–8-yanvar kunlari vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, 7–8-yanvarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Toshkent shahrida 6–10-yanvar kunlari, asosan, yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat 7-yanvarda kechqurun va 8-yanvarga oʻtar kechasi yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi.
Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, 7-yanvarda 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati:
▪️ 6-yanvarda kunduzi — 8–10 daraja iliq;
▪️ 7-yanvarda kechasi — 1–3 daraja iliq, kunduzi — 6–8 daraja iliq;
▪️ 8-yanvarda kechasi va kunduzi — 1 daraja sovuq–1 daraja iliq;
▪️ 9-yanvarda kechasi — 3–5 daraja sovuq, kunduzi — 2–4 daraja iliq;
▪️ 10-yanvarda kechasi — 3–5 daraja sovuq, kunduzi — 5–7 daraja iliq boʻladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q