Jamiyat
Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʻlum qilinishicha, bu borada qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda isteʻmol koʻp boʻladigan ertalabki soat 06:00 dan 10:00 gacha hamda kechki soat 17:00 dan 22:00 gacha boʻlgan vaqt davomida elektromobilni quvvatlantirganlik uchun nisbatan oshirilgan tarif, tungi vaqtda esa 50 foizgacha arzonlashtirilgan tarif qoʻllash moʻljallanmoqda.
Vazirlik Toshkentda elektromobillarni quvvatlash stansiyalari oʻchirib qoʻyilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berib oʻtgan. Qayd etilishicha, dekabr oyining oʻrtalarida tegishli idoralar oʻtkazgan reyd chogʻida subisteʻmolchilar faoliyati belgilangan talablarga qanchalik mosligi oʻrganilgan. Oʻrganish yakunlariga koʻra, shu kunning oʻzida bir qancha stansiyalar oʻchirilgan.
Energetika vazirligining aralashuvidan soʻng, faoliyatida kamchilikka yoʻl qoʻymagan stansiyalar tarmoqqa qayta ulangan. Faqat texnik shartlar va boshqa majburiyatlarga doir muammolarga ega boʻlgan 11 stansiyaga hujjatlar bilan bogʻliq masalalarni hal qilib olgunga qadar qonunchilikda belgilangan oraliqda muddat belgilangan.
“Ayni paytgacha ular ham tarmoqqa ulangan boʻlib, bugun Toshkent shahrida oʻchirilgan bironta ham quvvantirish stansiyasi yoʻq”, deydi energetika vaziri oʻrinbosari Umid Mamadaminov.
Uning bildirishicha, qonunchilikka koʻra, subabonent sifatida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini oʻz hududiga ulagan barcha tadbirkorlik subyektlari hududiy elektr tarmoqlari filiallariga murojaat qilgan holda, oʻzlarining texnik shartlarini oʻzgartirishlari va yangi quvvatlarni belgilab olishi zarur.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda mingga yaqin, Toshkent shahrining oʻzida 500 dan ortiq quvvatlantirish stansiyalari ishlab turgan boʻlsa, ularning faqat 103 tasi texnik shartlarga ega. 2024-yil 1-noyabrigacha Oʻzbekistonga 5417 ta quvvatlantirish stansiyasi olib kirilgan va shu yilning oʻzida ana shuncha texnik shart olinishi kerak boʻlgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q