Jamiyat
Kecha, 25-dekabr kuni Prezident huzurida sogʻliqni saqlash sohasida qilingan ishlar va 2025-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalar koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanishicha, keyingi yilda sogʻliqni saqlash sohasiga 41 trillion soʻm ajratiladi. Buning hisobidan esa yangi shifoxonalar tashkil etish va jihozlash, mavjud quvvatlarni kengaytirish, tibbiy koʻrik qamrovini kengaytirish rejalashtirilgan.
Yigʻilishda birlamchi boʻgʻinda tibbiyot sifatini oshirish masalasi oʻrtaga tashlandi. Buning uchun vazirlik vertikalini hududlarda toʻgʻri ishlatish, ayniqsa, chekka va ogʻir tumanlarga eʼtiborni kuchaytirish vazifasi qoʻyildi.
Hozirda oʻrganishlar natijasida aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmatlarini tizimli isloh qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqilmoqda.
Mutasaddilarga ham bu masalani chuqur tahlil qilib, birlamchi boʻgʻin transformatsiyasi boʻyicha qaror loyihasi tayyorlash topshirildi.
Shuningdek, ushbu yoʻnalish xodimlarining malaka oshirish dasturi takomillashtiriladi. Nazariy bilim va koʻnikmalarni egallashdan kompetensiyalarni rivojlantirishga bosqichma-bosqich oʻtiladi.
Shu bilan birga, 2025-yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshiriladi. Oilaviy shifokorlarning mehnat samaradorligi asosida ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Keyingi yildan davlat tibbiy sugʻurtasi amaliyotlari ham joriy qilinadi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida ushbu amaliyot yoʻlga qoʻyiladi.
Yigʻilishda kadrlar masalasiga ham eʼtibor qaratilib, tibbiy oʻquv yurtlarida taʼlim sifatini oshirish, uni amaliyot bilan hamohangligini mustahkamlash, bitiruvchilarning birlamchi boʻgʻinda tajriba orttirishini tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q