Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi

Saqlash
19:30 / 24.12.2024 405 0

Prezident Qaroriga ko‘ra,  2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

 

Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

 

28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);

 

29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;

 

30-dekabr (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;

 

31-dekabr (seshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;

 

1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;

 

2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//