Oʻzbekistonlik shoira AQShning adabiy mukofoti bilan taqdirlandi

Saqlash
18:14 / 24.12.2024 294 0

Foto: OʻzA

 

Dallasdagi Texas universitetida joylashgan Mundus Artium Press nashriyoti 2024–2025-yil uchun oʻzining nufuzli adabiy mukofoti gʻoliblarini eʼlon qildi.

 

Gʻoliblar safida Xosiyat Rustamova ham boʻlib, unga 2025-yilgi adabiyot boʻyicha Mundus Artium mukofoti topshirilgan.

 

“Ushbu nufuzli mukofot Xosiyat Rustamovaning adabiy sanʼatda erishgan yutuqlarini, soʻz sanʼatining insoniyat tamaddunidagi eng buyuk tasavvurga aylantira oladigan yuksak maqomini eʼtirof etadi. Uning ijodiy ishlari insoniyatning umumiy evolyutsiyasi, boʻlinish va adolatsizlikka qarshi turishda ijodkorlikning abadiy kuchini dalil sifatida ifodalaydi”, deyiladi nashr xabarida.

 

Maʼlumot uchun, Xosiyat Rustamova 1971-yili Namangan viloyatida tavallud topgan. 1993-yilda Toshkent Davlat universiteti(hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitet)ning Jurnalistika fakultetini tugatgan. U 2004-yilda “Shuhrat” medali, 2016-yilda esa „Oʻzbekiston Mustaqilligiga 25-yil“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

 

Rustamova, shuningdek, yana bir qator nufuzli mukofotlarni ham qoʻlga kiritgan.

 

Oldinroq Usmon Azimga Qozogʻistonning xalqaro “Alash” mukofoti berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//