Madaniyat
Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim Qozogʻistonning adabiyot sohasidagi xalqaro “Alash” mukofoti bilan taqdirlandi.
Mukofot shoirga Almati shahrida Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi tashkil etilganining 90 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirda topshirilgan.
Shuningdek, mazkur tadbirda TURKSOY tashkiloti bosh kotibi Sulton Rayev, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi Anor Rzayev, Turkiya Yozarlar birligi raisi Musa Kozim Arijan, Qirgʻiziston xalq yozuvchisi Arslan Koyshiyev kabi atoqli ijodkorlar ham ushbu mukofot bilan taqdirlangan.

Foto:OʻzA
Maʼlumot uchun, Usmon Azim 1982-yilda Gruziyaning Vladimir Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan boʻlsa, 1998-yilda “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
112295
Jamiyat
94972
Jamiyat
91092
Jamiyat
75856
Jamiyat
//
Izoh yo‘q