
Jamiyat
Yangi yil arafasida firibgarlar yanada faollashishi mumkin. Bunda ular foydalanuvchilarni chuv tushirishning turli yoʻllaridan foydalanadi. Turli xil ovoz berish tadbirlarini tashkil etish yoki qandaydir havola yuborish kabilar shular jumlasidandir.
Xoʻsh, bunday “tuzoq”lardan qanday himoyalanish kerak? Buning uchun foydalanuvchilar TOP-5 maslahatga rioya qilishi tavsiya etiladi.
1. Ishonchli parollar
Kuchsiz parollar – bu jinoyatchilar uchun ochiq eshik. Masalan, baʼzilar 123456 raqamlari, tugʻilgan kun sanasi, uy hayvonining ismi kabilardan parol sifatida ishlatadi. Aslida bularning barchasi mutlaqo nomaqbul variantlardir. Turli registrdagi harflar, raqamlar va maxsus belgilar kombinatsiyasidan (!@#$%^&*) parol yaratish esa eng toʻgʻri yoʻldir. Parol qanchalik uzun va murakkab boʻlsa, shunchalik yaxshi. 12-14 ta belgidan iborat parol bu ideal hisoblanadi.
Foydalanuvchiga turli platformalarda bir xil paroldan foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki xakerlar bitta akkauntga kirsa, boshqa akkauntlarni ham osongina buzib kirishlari mumkin. Ajoyib yechim – parol menejeri. U murakkab parollarni yaratadi va saqlaydi, siz esa faqat bitta master-parolni eslab qolishingiz kifoya.
2. Ikki omilli autentifikatsiya (2FA) — baza
2FA — bu xuddi eshikdagi ikkinchi qulfga oʻxshaydi. Taʼkidlash lozimki, ushbu himoya turi ijtimoiy tarmoqdagi barcha akkauntlarda oʻrnatilishi lozim. Hatto kimdir sizning parolingizni bilib olgan taqdirda ham, unga qoʻshimcha tasdiqlash kerak boʻladi. Masalan, SMS yoki autentifikator ilovadan kod yuboriladi va shuni kiritish talab etiladi.
Bu funksiyani istalgan joyda yoqish, tabiiyki, bir necha daqiqa vaqt oladi, lekin xavfsizlikni sezilarli darajada oshiradi.
3. Maxfiylik sozlamalari
Har bir ijtimoiy tarmoq moslashuvchan maxfiylik sozlamalarini taklif qiladi. Ularni oʻrganish va sozlash uchun albatta vaqt ajrating.
Publikatsiyalaringiz, fotosuratlaringiz va shaxsiy maʼlumotlaringizni koʻrishi mumkin boʻlgan shaxslar doirasini cheklang. Qaysi rasmlarda sizni belgilashayotganini muntazam tekshirib turing va nomaqbul teglarni olib tashlang. Shaxsiy maʼlumotlarga kirish uchun begonalarga ruxsat bermang.
4. Havolalar va ilovalar bilan ehtiyotkorlik
Fishing havolalari va zararli ilovalar maʼlumotlarni oʻgʻirlashning keng tarqalgan usulidir. Shubhali havolalarga, hatto ular doʻstlaringizdan kelgan boʻlsa ham, ularga javob bermang, chunki ularning akkauntlari buzib kirilgan boʻlishi mumkin.
Ilovalarni oʻrnatishda ehtiyot boʻling va ularga maʼlumotlaringizga kirish uchun ortiqcha huquqlar bermang. Ulangan ilovalar roʻyxatini muntazam tekshiring va keraksizlarini olib tashlang.
5. Ilovalarni oʻz vaqtida yangilash
Qurilmalaringiz va ijtimoiy tarmoq ilovalarining operatsion tizimini muntazam yangilab turing. Ishlab chiquvchilar doimiy ravishda zaifliklarni tuzatadigan va xavfsizlikni oshiradigan yangilanishlarni chiqaradilar. Bu yangilanishlarni eʼtiborsiz qoldirmang.
Siyosat
Iqtisod
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q