Hokimiyat xodimlarining oyligi oshiriladi

Saqlash
14:51 / 23.12.2024 164 0

Hokimlikda faoliyat yuritayotgan xodimlarning oyliklari koʻtariladi.

 

Hujjatda keltirilishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman(shahar)lar hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini kiritadi.

 

Bundan tashqari, tuman(shahar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlinmalari amaldagi shtat birliklari hisobiga hokimga toʻgʻridan toʻgʻri hisobot beradigan va loyihani boshlab, yakuniga yetkazadigan malakali xodimlardan iborat loyiha ofislari tashkil etiladi.

 

Bunda loyiha ofislari tomonidan amaliyotga joriy etilgan loyihalar natijadorligidan kelib chiqib, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan oʻzlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan loyiha ofislariga jalb qilingan xodimlarni mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 barobarigacha miqdorda bir martalik ragʻbatlantirish choralarni koʻrishga ruxsat beriladi.

 

Oldinroq yangi yildan hokimliklarga bir qator vakolatlar berilishi haqida maʼlum qilingan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//