O‘zbekiston “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” reytingida 17 pog‘onaga yuqoriladi

Saqlash
09:38 / 21.12.2024 108 0

“Oxford Insights” tashkiloti e’lon qilgan “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” reytingida O‘zbekiston 53,45 ball bilan 70-o‘rinni egallab, 17 pog‘onaga ko‘tarildi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Mazkur reyting hukumatning sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga tayyorligini baholaydi va 40 ta indikator asosida tuziladi.

 

Mamlakatning ushbu yutuqlari hukumat tomonidan tasdiqlangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” hamda bu sohadagi izchil islohotlar natijasi ekanligi ta’kidlandi.

 

Reytingda O‘zbekiston Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasida Hindiston va Turkiyadan keyin 3-o‘rinni egalladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//