“Jadidlar izidan” tanlovi gʻoliblari Germaniyaga sayohatga yuboriladi

Saqlash
17:51 / 20.12.2024 214 0

Bugun “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Tadbirda har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 7 nafardan (6-, 7-, 8-sinflar va 9-10-sinflar oʻrtasida) jami 14 nafar oʻquvchi Germaniyaga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritdi.

 

Jumladan, 6-7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida:

➖ Yoʻldoshaliyeva Farzonabonu Erkinboy qizi (Fargʻona viloyati);

➖ Boxodirov Shoxjahon Kamoliddin oʻgʻli (Toshkent viloyati);

➖ Boboxonov Akbar Sardor oʻgʻli (Xorazm viloyati);

➖ Sharapova Madinabonu Farruxovna (Buxoro viloyati);

➖ Musulmanova Diyora Baxrom qizi (Toshkent shahar);

➖ Abdumutalifova Sugʻdiyona Xushnudjon qizi (Namangan viloyati);

➖ Komilova Zilola Faxriddin qizi (Navoiy viloyati);

 

9-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida:

➖ Azimova Jasmina Toʻlqin qizi (Qashqadaryo viloyati);

➖ Qodirov Bobur Dilshod oʻgʻli (Sirdaryo viloyati);

➖ Rohataliyeva Dilnura Alisher qizi (Fargʻona viloyati);

➖Qoʻchqarova Ziyoda Mansurjon qizi (Namangan viloyati);

➖Ergasheva Farangiz Bahriddin qizi (Navoiy viloyati);

➖Raxmatjonova Shodiyobonu Xabibulla qizi (Andijon viloyati);

➖Yunusova Roʻzixon Burxon qizi (Toshkent viloyati) endilikda olmon yurtiga sayohat qiladi.

 

Maʼlumot uchun, nizomga koʻra, mazkur gʻolib oʻquvchilar Germaniyaga borib, u yerda jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi.

 

Shuningdek, maʼrifatparvar jadidlar hayotiga doir koʻplab tarixiy maskanlarga sayohat qiladi va mavzuga doir turli tadbirlar, jonli muloqot va uchrashuvlarda qatnashadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//