Oʻzbekistonlik fotomuxbir xalqaro tanlov sovrindori boʻldi

Saqlash
14:27 / 20.12.2024 442 0

Milliy Olimpia qoʻmitasi(MOQ)ning yaqin hamkori, fotojurnalist Anvar Ilyasov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida faoliyat olib borgan fotomuxbirlar oʻrtasida oʻtkazilgan konkursda kumush medalni qoʻlga kiritdi.

 

Tanlov Ozorboyjonning Boku shahrida Xalqaro badiiy fotografiya assotsiatsiyasi (IAAP) va “Gilavar Photo Club of Azerbaijan” tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan boʻlib, oʻzbek fotomuxbiri unda “Parijni zabt et” nomli surati bilan qatnashgan. Yakunda Ilyasov olgan foto 2-oʻringa loyiq koʻrilgan.

 

 

Maʼlumot uchun, Anvar Ilyasov Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida 7 ta yozgi Olimpiya va 6 ta yozgi Osiyo oʻyinlarida qatnashib, oʻzbekistonlik sportchilarning unutilmas onlaridan tarixiy suratlarga mualliflik qilgan. Bu uning xalqaro maydonda qoʻlga kiritgan toʻrtinchi mukofoti hisoblanadi.

 

Ilyasov 2015- va 2018-yillarda Moskvadagi “Gʻalaba energiyasi” tanlovida oltin hamda bronza, 2016-yil Sofiyada sport kurashlari olamida tashkil etilgan koʻrgazmada maxsus sovringa ega chiqqan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//