Siyosat
Jizzax hokimi Ergash Alibekovich Saliyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uning oʻrniga, Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mustafoyev Ulugʻbek Mavlonovich tayinlandi.
Ergash Soliyev 2000—2012-yillarda Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimi boʻlgan. 2012-yilda Jizzax davlat politexnika instituti rektori sifatida ish boshlagan. 2016-yildan 2017-yilgacha Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan va 2017-yilda Ulugʻbek Uzoqov oʻrniga Jizzax viloyati hokimi etib tayinlangan.
Ulugʻbek Mustafoyev 1968-yil 14-avgustda Jizzax viloyatida tugʻilgan. 2016-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari, 2016-yilda Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, 2017-yilda “Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi lavozimlarida xizmat qilgan. Mustafoyev 2019-yildan buyon “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q