Ilm-fan
Vazirlar Mahkamasining “Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Shuningdek, diplom loyihasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qilinadigan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati taʼlim sohalarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
2025-yil 1-yanvardan kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o‘quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo‘yicha o‘quv kursi kiritiladi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112430
Jamiyat
95090
Jamiyat
91309
Jamiyat
76008
Jamiyat
//
Izoh yo‘q