Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Grand Pharm Logistics Hub faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu logistika markazi Tashkent Pharma Park innovatsion klasteri hududida oʻn gektar maydonda joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati 40 million dollar boʻlib, uch qavatli maʼmuriy bino, omborlar, mehmonxona, oshxona va yotoqxona qurilgan. 300 dan ortiq ish oʻrni yaratilgan.
Qayd etilishicha, logistika markazi Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteridagi boshqa ishlab chiqaruvchilarga ham qoʻl keladi. Mahsulotlarni saqlash va eksport qilishlarida xalqaro SAP tizimi orqali amaliy yordam beriladi. Buning uchun dori vositalari sifatini taʼminlash boʻyicha GDP va GSP sertifikatlari hamda bojxona ombori, xalqaro yuklarni tashish uchun litsenziyalar mavjud.
Mutasaddilarga mahsulotlarni saqlash va rasmiylashtirishda qulayliklarni oshirish, tannarxni kamaytirib, dorilarni arzonlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
“Kompaniya farmatsevtika bozorini muntazam oʻrganib, tibbiyot sohasidagi ehtiyojlarni ham tahlil qilib boradi. Natijada yetkazib berish yoʻnalishi koʻlami kengayib bormoqda. Ushbu korxona mamlakatimiz hududi boʻylab 7 ming 500 dan ortiq dorixonaga tovarlar yetkazib beradi. Shuningdek, onlayn dorixona xizmati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu boradagi hamkorlar soni ham ortmoqda.
Bu yerda GPH Academy loyihasi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, qator oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilinmoqda. Uchta taʼlim dargohida amaliy mashgʻulot xonalari tashkil etildi. Uch ming nafar farmatsevt malaka oshirish kurslaridan oʻtdi. Oʻttiz nafarga yaqin talaba ushbu loyihaning stipendiya va grantlariga ega boʻldi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q