Jamiyat
Joriy yilning 5-dekabr kuni DXX CHQ “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari uchun “Jahonni zabt etgan jasorat” mavzusida Termiz davlat pedagogika instituti sportchi yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda sportning yengil atletika “200 va 400 metr masofaga yugurish” boʻyicha Oʻzbekiston chempioni Nuriddin Abduqahhorov, “Usmonov S” sport turi boʻyicha jahon chempioni Elmira Xudoyberdiyeva, Yengil atletika “400 metr masofaga estafeta yugurish” boʻyicha 4 karra Oʻzbekiston chempioni Shoxrux Omonov, “Boks” sport turi boʻyicha Osiyo chempioni Muhlisa Toxirova, “Boks” va “Muay tay” sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempioni, sport ustasi Sabina Razzoqovalar tashrif buyurib, oʻquvchi yoshlarga oʻzlarining erishayotgan yutuq va natijalari hamda kelajakdagi maqsadlari xususida soʻzlab berdilar.
“Bugungi tadbir yoshlarimiz uchun juda foydali boʻldi deb oʻylayman. Chunki, oʻzidan uch-toʻrt yosh katta boʻlgan talabalarning muvaffaqiyatlari ularni ham ruhlantirib, yangi-yangi marralar sari undashiga shubha yoʻq”, deydi litsey direktori Muzaffar Norqobilov.
Davra suhbati litsey oʻquvchilarida yaxshi taassurot qoldirdi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q