Endi fuqaro va oilaviy poliklinika oʻrtasida bitim tuziladi

Saqlash
14:39 / 18.12.2024 72 0

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatuvchi tashkilot va unga biriktirilgan fuqarolar oʻrtasida bitim imzolanishi belgilandi. Bu boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli buyruq qabul qilingan.

 

Mazkur hujjat bilan endilikda oilaviy poliklinikalar va unga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilgan chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (voyaga yetmaganlar uchun ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari) oʻrtasida tuziladigan bitim shakli tasdiqlangan.

 

Bitimga koʻra, aholiga:

▪️ sogʻlom turmush tarziga rioya etish;

▪️ oʻz tibbiy savodxonligini oshirish;

▪️ shifokor koʻrsatmalariga amal qilish;

▪️ profilaktik va skrining koʻriklardan belgilangan muddatlarda oʻtish talablari qoʻyiladi.

 

Oilaviy shifokor esa quyidagilar yuklatiladi:

▪️ aholini belgilangan tartibda qabul qilish va maslahat (yoki yoʻllanma) berish;

▪️ tibbiy xizmatlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq hajmda koʻrsatish;

▪️ dori vositalarini toʻgʻri tayinlash;

▪️ kasalliklarni erta aniqlash, sogʻlomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish.

 

Maʼlumot uchun, bitimlarni imzolash 2024-yil 1-dekabrdan Sirdaryo viloyati va Toshkent shahridagi davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda amalga oshirilishi boshlangan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda esa 2025-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//