Jamiyat
Foto: Gazeta.uz
Toshkent xalqaro aeroportining uchish zaliga royal oʻrnatildi.
Maʼlum boʻlishicha, u Toshkentdan uchayotgan yoʻlovchilarga ramziy sovgʻa hisoblanadi.
“Dunyo boʻylab koʻplab aeroportlarda pianino bor va u hamma uchun mavjud, shuning uchun bir kuni biz nima uchun bunday qilmaslik kerakligi haqida oʻyladik. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, duty free'da ajoyib musiqa asbobi paydo boʻldi”, deya taʼkidlagan Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Foto: Gazeta.uz
Kompaniya vakillari uchish zalida oʻrnatilgan royal jonli musiqa tinglovchilar uchun ham, ijrochilar uchun ham parvoz oldidan oʻyin-kulgi va stressdan xalos boʻlishga yordam beradi deya tushuntirgan.
“Aeroport anchadan beri odamlar faqat parvoz qiladigan bino emas. Bugungi kunda yoʻlovchilar maʼlum xizmatlarni ham kutmoqda — doʻkonlar, kafelar, bankomatlar, zaryadlash stansiyalari. Ammo bularning barchasidan tashqari, odamlar oʻyin-kulgi xohlaydi. Yoʻlovchilarimiz raqs yoki opera fleshmobi, maqom konserti yoki shunga oʻxshash biror bir madaniy tadbirga doim hayratlanarli munosabatda boʻladi. Shu sababli biz pianino ajoyib oʻyin-kulgi usuli boʻla oladi, deb oʻyladik. Bundan tashqari, parvozlar, ayniqsa, uzoqlari har doim stressli. Odamlar samolyotni kutadi, koʻpchilik asabiylashadi, musiqa esa taranglikni yengillashtiradi, dam olishga, tinglovchilarning ham, ijrochilarning ham kayfiyatini koʻtarishga imkon beradi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q