Haydovchi uyquni qochirish uchun nima qilishi kerak?

Saqlash
18:08 / 17.12.2024 132 0

Charchoqni bilish qiyin. Baʼzi insonlar rulga oʻtirish oldidan tanasidagi charchoqni bilmasligi oʻz jismoniy holatiga munosib baho berolmaydi. Ayniqsa, inson uzoq vaqt uxlamasa, oʻzini nazorat qilishi sustlashib ketadi. Oqibatda, bunday odamlar mikro uyquga duch kelishi mumkin. Odatda 1 soniyadan 30 soniyagacha davom etadigan bunday “qushuyqu” uzoq tuyulmasligi mumkin, biroq 90 km/s tezlikda harakatlanib ketayotgan mashina bu vaqt oraligʻida butun bir futbol maydonicha boʻlgan masofani bosib oʻtishi mumkin. Mutaxassislar bunday uyquni xavfli qora davr deb atashadi. Chunki mana shu soniyalarda koʻzning ilinishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hammamiz bilamiz.

 

Shuning uchun ham haydovchi rulga oʻtirish oldidan oʻzining ham ruhan, ham jismonan tayyorligini tekshirishi zarur.

 

Jumladan, agar:

▪️ koʻzlar tez-tez ochilib yopilsa, koʻzlaringizni ishqalasangiz, esnasangiz, koʻzlarni ochiq tutish qiyin boʻlib qolsa;

▪️ boshingizni koʻtarish qiyin boʻlsa;

▪️ diqqatni jamlash susaysa;

▪️ xayol bir joyda turmasa, yaxshisi, avtomobil boshqaruviga oʻtirmagan maʼqul.

 

Haydash jarayonida ogohlantiruvchi belgilar quyidagicha:

▪️ soʻnggi bir necha kilometrni qanday bosib oʻtganingizni eslay olmaysiz;

▪️ yoʻl belgilari yoki burilishlarni oʻtkazib yuborasiz;

▪️ kerakli tezlikni saqlab qolish qiyin kechadi;

▪️ belgilangan yoʻldan chiqib ketasiz;

▪️ haydash paytida oʻzingizni bezovtalik his qilasiz.

 

Koʻpincha smenada yoki bir vaqtning oʻzida uzoq vaqt ishlaydigan odamlar, yuk mashinalari haydovchilari, uyqu buzilishi bilan ogʻrigan odamlar, spirtli ichimliklarni yoki tinchlantiruvchi taʼsirga ega boʻlgan giyohvand moddalarni isteʼmol qilganlarda yuqoridagi holatlar kuzatiladi. Bu normal holat emas.

 

Agar sizda ham shunday holatlar kuzatilsa, avtomobilni toʻxtatib, mizgʻib olishingiz kerak. Bu eng toʻgʻri yoʻldir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//