Jamiyat
Toshkent shahri 2025-yilning 19–20-aprel kunlari Markaziy Osiyo vikianjumaniga mezbonlik qiladi.
Vikimedia jamgʻarmasi homiyligi ostida oʻtkazilishi rejalashtirilgan anjuman Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi, Oʻzbekiston ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati hamda qoʻshni xalqlarga tegishli mahalliy foydalanuvchi guruhlarning oʻzaro hamkorligi asosida tashkil etiladi.
Unda ishtirok etish uchun istalgan foydalanuvchi ariza topshirish imkoniga ega. Grant uchun murojaatlar 1–30-dekabr kunlari qabul qilinadi.
Talabgorlar Markaziy Osiyo xalqlari foydalanadigan istalgan mahalliy tillarning birida ariza toʻldirish jarayonini amalga oshirishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, ushbu tadbir Oʻzbekiston mezbonlik qilayotgan ilk xalqaro vikianjuman hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, Markaziy Osiyo vikianjumani — bu, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi Vikipediya va boshqa qardosh Vikimedia loyihalariga bagʻishlangan mintaqaviy anjuman. Unda Vikimedia, boshqa vikiloyihalar, ochiq kodli dasturiy taʼminot, erkin bilim va bepul kontent loyihalari taqdimotlari boʻladi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q