Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Saqlash
09:27 / 17.12.2024 163 0

Foto: Gazeta.uz

 

Umid Abidxadjayev va Ilhom Umurzakov iqtisodiyot va moliya vazirining yangi oʻrinbosarlari etib tayinlandi.

 

Abidxadjayev Umid Kutpitdinovich bunga qadar Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi (2021-yil may oyidan beri).

 

Avvalroq esa Prezident administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

 

Umurzakov Ilhom Oʻrinboyevich esa iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari boʻlishdan oldin Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish departamentini boshqarib kelayotgan edi.

 

Bundan tashqari, vazir oʻrinbosari Jasur Qarshiboyev, Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi Murod Bekberganovich egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi. Ular endilikda iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi va Pensiya jamgʻarmasi direktori sifatida oʻz faoliyatlarini davom ettiradi.

 

Vazirning yana bir sobiq oʻrinbosari Abdulaziz Xaydarov esa Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//