Jamiyat
Sovuq kunlarda tanaga issiqlik beradigan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish foydali hisoblanadi. Chunki bunday havoda organizm oʻzini oʻzi isitishi uchun juda koʻp energiya sarflaydi. Natijada tanamiz koʻproq vitamin va minerallar, ayniqsa, oqsil moddasini talab qiladi.
Tarkibida issiqlik saqlovchi yeguliklarga grechka va joʻxori yormalari, piyoz, sarimsoqpiyoz, yerqalampir, qalampir, zira, turshak, mayiz, baliq, qoʻy, mol, tovuq goʻshti, sut mahsulotlari, zanjabil choyi, arpabodiyon choyi va qahva kabi mahsulotlar kiradi.
Taʼkidlanishicha, nutritsiologlar vazn tashlash uchun qishda parhezdan foydalanishni tavsiya etmaydi. Aksincha, aynan shu vaqtda organizm dam olishi va kuch yigʻishi kerak.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, sovuq mavsumda qizil va qora qalampir, zanjabil, dolchin kabi issiq ziravorlardan foydalanish tavsiya etiladi. Sababi ularning tarkibidagi qizdiruvchi moddalar ovqat hazm qilish tizimining retseptorlarini qoʻzgʻab, qonning tomirlar boʻylab tezroq aylanishiga va issiqlikni taʼminlashga yordam beradi.
Sovuq mavsumda yogʻli goʻsht isteʼmol qilib turish ham zarar qilmaydi. Unda sovuqqa qarshi turish uchun zarur boʻlgan arxidon kislotasi mavjud. Vitaminlarga boy mol, qoʻy jigari qishda A vitamini manbai sifatida organizm uchun zarur boʻladi.
Xamirli ovqatlar ham tanani isitish uchun xizmat qiladi. Bunday taomlar qish uchun juda mos keladi.
Issiq, toʻyimli ovqat isteʼmol qilish qishning sovuq kunlarida odamlarning kayfiyatiga ijobiy taʼsir qiladi. Ayniqsa, tovuq shoʻrva organizmda proteinning kerakli darajasini saqlab qolish uchun muhim taomdir.
Mutaxassis shakar isteʼmolini cheklash salomatlik uchun ahamiyatli ekanini taʼkidlaydi. Uning oʻrniga issiq va achchiq qahva ichish organizmga koʻra koʻproq tetiklik bagʻishlar ekan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q