Jamiyat
Prezident qarori bilan Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo, Jarqoʻrgʻon tumanlarida zamonaviy turistik markazlar tashkil qilinadi.
Jumladan:
▪️ Boysun tumani hududidagi umumiy maydoni 220,5 gektar boʻlgan yer uchastkasida “Omonxona” turistik markazi;
▪️ Sariosiyo tumani hududidagi umumiy maydoni 615 gektar boʻlgan yer uchastkasida “Sangardak” turistik markazi;
▪️ Jarqoʻrgʻon tumani Obihayot mahallasidagi “Oqtepa” suv omborining qirgʻoq boʻyi hududidagi 110 gektar yer uchastkasida “Obihayot” turistik markazi ish boshlaydi.
Mazkur markazlarni rivojlantirish va boshqarish uchun esa davlat muassasasi shaklida Surxondaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish direksiyasi tuziladi.
Hujjatda yozilishicha, turistik markazlar hududlarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan boʻsh yer uchastkalari mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2025–2027-yillarda mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, xizmat koʻrsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida boʻsh yer uchastkalari 10 yil muddatda teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q